2024 yilda hunarmandlarga qancha subsidiya ajratilishi aytildi
Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar 5 turda tuman (shahar) toifasiga qarab ajratiladi.
2024 yilda jami 23,8 ming nafar hunarmandlarga 44,7 mlrd so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilishi rejalashtirilgan. Bu haqda respublika "Hunarmand" uyushmasi boshqarma boshlig‘i Jamshid Tilyakov ma’lum qildi.
Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar 5 turda tuman (shahar)larning toifasiga qarab ajratiladi:
birinchi: «Usta-shogird» an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlarga shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlash uchun — 6 oy davomida ajratiladi;
ikkinchi: shogirdlarga — mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish uchun;
uchinchi: ustalarga — internet saytlarini yaratish, o‘z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlari uchun;
to‘rtinchi: hunarmandlarning «Hunarmand» uyushmasiga a’zolik badali xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha (1 700 000 so‘m);
beshinchi: hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joyini moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha (13 600 000) miqdorda subsidiya ajratiladi.
Mavzuga oid
14:34 / 30.10.2024
2025 yilda qaysi yo‘nalishga qancha subsidiya ajratiladi?
15:50 / 05.10.2024
Tomchilab sug‘orish tizimini o‘rnatganlik uchun har bir gektarga 16 mln so‘m subsidiya ajratiladi
10:27 / 14.09.2024
Modulli mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi
12:24 / 29.08.2024