O‘zbekiston elchisi Saudiya Arabistoni TIVda ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi
O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Nodir Turg‘unov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirining protokol masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdulmajid as-Sammariyga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, tashqi siyosat mahkamasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Abdulmajid as-Sammariy ikki tomonlama munosabatlarni barcha jabhalarda mustahkamlash va rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarga hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida Saudiya Arabistoni TIV rahbarining o‘rinbosari elchiga ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni izchil rivojlantirish borasidagi mas’uliyatli faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.