O‘zbekiston | 13:51 / 12.04.2024
3059
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston va Belarus TIV o‘rtasida maslahatlashuvlar dasturi imzolandi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Minskda Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik bilan uchrashdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, uchrashuvda ko‘plab sohalardagi hamkorlikning ijobiy sur’ati qayd etildi. Tomonlar ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni mustahkamlashga ko‘maklashish va iqtisodiy aloqalarni sezilarli darajada kengaytirishga kelishib oldi.
Muzokaralar davomida ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan maslahatlashuvlar dasturi imzolandi.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 11-12 aprel kunlari ilk rasmiy tashrif bilan Minskda bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
15:04 / 24.12.2024
Davlat departamenti AQSh fuqarolarini Belarusni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
18:53 / 10.12.2024
Lukashenko: Belarusda o‘nlab yadroviy kallaklar bor
17:21 / 09.12.2024
Lukashenko yana 32 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
19:40 / 06.12.2024