Navoiy viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
«Mikrokreditbank» boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Rustam Sulaymonov Navoiy viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Navoiy viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tayinlandi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, Rustam Sulaymonov ushbu lavozimda o‘z xizmat vazifalarini bajarishga kirishgan.
Rustam Sulaymonov 1982 yil Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2004 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2012 yilda esa Bank-moliya akademiyasini iqtisodiyot, bank ishi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, iqtisodchi.
Tayinlovga qadar «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Ma’lumot uchun, viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida To‘lqin Otamurodov ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid
14:48 / 18.12.2024
Navoiyda 33 yoshli erkak o‘ldirilib, Zarafshon daryosiga tashlab yuborildi
10:49 / 15.12.2024
Andijon va Navoiyda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
13:10 / 11.12.2024
Navoiyda elektromontyor 12 kishining nomiga kredit olib, onlayn qimorga yutqazib qo‘ydi
16:26 / 07.12.2024