Iqtisodiyot | 13:31 / 13.04.2024
6385
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya O‘zbekistonda xorijiy korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik bo‘lib turibdi

O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘pligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2024 yil 1 aprel holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 226 tani tashkil etgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan, 4 576 tasi qo‘shma korxonalar va 9 650 tasi xorijiy korxonalar hisoblanadi. 

Xorijiy kapital ishtirokida eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

  • Rossiya – 3 019 ta;
  • Xitoy – 2 501 ta; 
  • Turkiya – 1 886 ta;
  • Qozog‘iston – 1 102 ta;
  • Janubiy Koreya – 727 ta;
  • AQSh – 311 ta;
  • Tojikiston – 307 ta;
  • Qirg‘iziston – 280 ta;
  • Ozarboyjon – 236 ta;
  • Germaniya – 220 ta;
  • Turkmaniston – 187 ta.

Mavzuga oid