O‘zbekiston | 09:58 / 22.04.2024
2501
2 daqiqa o‘qiladi

Berlinda Germaniya-O‘zbekiston xalqaro tibbiyot forumi o‘tkazildi

Foto: "Dunyo" AA

Mamlakatning Berlindagi elchixonasida Germaniya-O‘zbekiston II xalqaro tibbiyot forumi doirasida tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Unda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudoyorov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi, Germaniya Federal sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati va mas’ullari va oliy o‘quv yurtlari, xususiy klinikalar, yirik kompaniyalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Asilbek Xudoyorov, Germaniya Federal sog‘liqni saqlash vazirligi davlat kotibi Tomas Shteffen, Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi prezidiumi a’zosi, professor Klaus Mangold o‘z chiqishida O‘zbekiston-Germaniya II xalqaro tibbiyot forumi mamlakatlar o‘rtasidagi uzoq yillik o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi barobarida sog‘liqni saqlash sohasidagi umumiy ustuvor vazifalar bo‘yicha istiqbolli loyihalarni belgilash va tibbiyot muassasalari o‘rtasida aniq kelishuvlarga erishish imkoniyatini yaratishini qayd etdi.

Bundan tashqari, onkologiya, shoshilinch tibbiy yordam, tibbiyot xodimlari - hamshira va feldsherlarni Germaniyaga ishga jalb qilish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik ikki tomonlama manfaatli bo‘lishi qayd etildi.

Tadbir so‘nggida tashkilotchilar O‘zbekiston-Germaniya II xalqaro tibbiyot forumi ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Mavzuga oid