O‘zbekiston | 15:43 / 22.04.2024
11856
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda aholisi soni eng tez o‘sayotgan hududlar ma’lum qilindi

Toshkent shahri, Surxondaryo, Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari aholisi tez o‘smoqda.

Foto: Kun.uz

2024 yil 1 aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi qariyb 37 mln kishini tashkil etgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2023 yilning shu davri bilan solishtirilganda 2,1 foizga ko‘paygan. 

Hududlar kesimida doimiy aholi sonining o‘sishi bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda - 2,7 foiz.

Undan keyingi o‘rinlarni doimiy aholi soni o‘sishi mos ravishda 2,5 foiz hamda 2,2 foizni tashkil etgan Surxondaryo viloyati va Namangan viloyati egalladi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

Samarqand viloyati – 2,2 foiz;
Qashqadaryo viloyati – 2,2 foiz;
Andijon viloyati – 2,1 foiz;
Farg‘ona viloyati – 2,1 foiz;
Jizzax viloyati – 2,1 foiz;
Navoiy viloyati – 1,8 foiz;
Xorazm viloyati – 1,9 foiz;
Toshkent viloyati – 1,9 foiz;
Sirdaryo viloyati – 1,9 foiz;
Buxoro viloyati – 1,7 foiz;
Qoraqalpog‘iston R. – 1,4 foiz.

Mavzuga oid