Jamiyat | 10:27 / 28.04.2024
17709
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qonda 11-sinf o‘quvchisi mashina boshqarib odam urib yubordi

Jabrlanuvchi ayolning jarohatlari jiddiy bo‘lishiga qaramasdan IIB profilaktika inspektori uning ota-onasidan bemorni shifoxonadan olib ketishni talab qilgan.

2024 yil 25 aprel kuni soat 14:30 lar chamasida Qo‘qon shahridagi bozor oldida, piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 24 yoshli ayolni Matiz avtomobili urib ketgan.

Oqibatda ayol og‘ir tan jarohatlari olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Ma’lum bo‘lishicha, mashina boshqaruvida maktabning 11-sinf o‘quvchisi bo‘lgan.

Kun.uz jabrlanuvchi ayol yotgan Qo‘qon shahar Tez tibbiy yordam bo‘limi bilan bog‘lanib, bemorning holati va unga qo‘yilgan tashxis haqida ma’lumot oldi.

Shifokorlar jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari bilan olib kelingani va uning jarohatlari jiddiy ekanini ma’lum qilishdi.

Biroq jabrlanuvchining yaqinlari Kun.uzʼga mahalla profilaktika inspektori ayolni kasalxonadan chiqarib yuborishga urinayotganini ma’lum qilishdi.

Mavzuga oid