O‘zbekiston | 13:26 / 01.05.2024
37035
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi kompaniyalar o‘ntaligi e’lon qilindi

O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi top-10 korxonalar ro‘yxati ochiqlandi.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yil 29 aprel holatiga «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ 1-o‘rinni egalladi, unda 48 308 nafar ishchi ishlaydi.

Eng ko‘p ish beruvchilar ro‘yxatining 2- va 3-o‘rinlaridan mos ravishda 36 629 nafar hamda 34 816 nafar kishini ish bilan ta’minlagan «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ va «Temiryo‘linfratuzilma» AJ joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan ish beruvchilar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ –  20 873 nafar;
  • Romstar MChJ qo‘shma korxonasi – 18 800 nafar;
  • «O‘zbektelekom» AJ – 17 641 nafar;
  • «O‘zAvto Motors» AJ – 16 628 nafar;
  • «Hududgazta’minot» AJ – 16 309 nafar;
  • «O‘zbekneftgaz» AJ – 13 926 nafar;
  • Anglesey food MChJ – 12 726 nafar.

Mavzuga oid