O‘zbekiston | 07:50 / 02.05.2024
29392
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mashrab Kimsanov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli kinoaktyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Foto: O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi

Mashrab Kimsanov 1955 yil 17 avgust kuni tug‘ilgan. 1976-1979 yillarda “O‘zbekfilm” kinostudiyasida rejissyor assistenti bo‘lib ishlagan. 1983 yilda “VGIK”ning aktyorlik fakultetini tamomlagan. 

U 1983-1986 yillarda “O‘zbekfilm” kinostudiyasi aktyori, 1986 yildan “O‘zbekfilm” kinostudiyasi qoshidagi Kinoaktyor eksperimental teatr-studiyasida xizmat qilgan.

Mashrab Kimsanov "Vodillik kelin", "Olovli yo‘llar", "Otamdan qolgan dalalar", "Masxaraboz", “Umid”, “Zebuzar”, “Hayot mamot”, “Haqiqiy erkaklar ovi”, "Sehrli qalpoqcha", "Onaginam orzusi" kabi ko‘plab filmlarda esda qolarli rollarni ijro etgan. Shuningdek, ijodkor "Tog‘lik kuyov" filmining postanovkachi rejissyori hisoblanadi.

U 1999 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan.