O‘zbekistonda yil boshidan beri inflatsiya qariyb 2,6 foizni tashkil etdi
Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda iste’mol narxlari oshishi 2,59 foizni tashkil etdi. Aprel oyida iste’mol narxlari 0,93 foizga oshdi.
O‘zbekistonda yanvar-aprel oylarida iste’mol narxlari oshishi 2,59 foizni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi hisobotida ma’lum qilingan.
Aprel oyida iste’mol narxlari o‘tgan yilga nisbatan (0,82 foiz) biroz tezlashib, 0,93 foizni tashkil etdi. Oy oxirida yillik inflatsiya 8,08 foizni tashkil etdi. Mart oyidagi kichik o‘sishga qaramay, bu avvalgi yillarga nisbatan sezilarli darajada past ko‘rsatkich hisoblanadi. Masalan, 2023 yil aprel oyida u 11 foizni tashkil etgandi.
Oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari inflatsiyasi 0,4 foizgacha tushdi, bu o‘tgan yilining aprel oyiga nisbatan uch baravar past. Yillik asosda oziq-ovqat narxlari 7 foizga oshdi.
Aprel oyida narxlarning o‘sishi bo‘yicha mevalar (+3 foiz) yetakchi bo‘ldi. Oy davomida banan 9,9 foizga, mandarin 7,5 foizga qimmatlashdi. Shu bilan birga, sut mahsulotlari 2,7 foizga, sabzavotlar 1,2 foizga arzonlashdi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar narxining o‘sish sur’ati oyiga 1 foizga, yillik hisobda esa 7,7 foizga oshdi. Aprel oyida kiyim-kechak va poyabzal narxlari deyarli o‘zgarishsiz qoldi va yil davomida mos ravishda 5,8 va 5,5 foizga o‘sdi.
Aprel oyida benzin narxi 1,8 foizga pasaydi. Metan 3 foizga (yillik 22,4 foiz) qimmatlashdi.
Mavzuga oid
08:45 / 24.12.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024