Jahon | 15:00 / 06.05.2024
13563
5 daqiqa o‘qiladi

Braziliya janubida dahshatli suv toshqinlari - fotosuratlar

Kamida 78 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar bedarak yo‘qolgan, o‘n minglab kishilar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Braziliya janubida kuchli yomg‘irlar so‘nggi 80 yillikdagi eng kuchli suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Tabiiy ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rgan Riu-Grandi-du-Sul shtati rasmiylariga ko‘ra, kamida 78 kishi halok bo‘lgan, yana kamida yetti kishining o‘limi ushbu favqulodda vaziyat bilan bog‘liqligi tekshirilmoqda. Kamida 74 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Mahalliy aholi vakillaridan kamida 25 ming kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Yarim millionga yaqin kishi elektr energiyasi va ichimlik suv ta’minotidan uzilib qolgan. Associated Press agentligi qayd etishicha, bu mintaqada so‘nggi yildagi to‘rtinchi suv toshqini bo‘lmoqda. 2023 yilda kuzatilgan so‘nggi tabiiy ofat oqibatida jami 75 kishi halok bo‘lgandi. Bu safargi suv toshqini 1941 yilgi rekordni yangiladi, ayrim hududlarda suv sathining kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori darajasi qayd etildi. Quyida tabiiy ofatdan jabrlangan shaharlardagi vaziyat aks etgan suratlar keltiriladi.

Braziliyaning eng janubiy shtati hisoblangan Riu-Grandi-du-Sul shtati poytaxti — Portu-Alegri aglomeratsiyasi tarkibiga kiruvchi Kanoasa munitsipalitetidagi suv bosgan hududlarning yuqoridan ko‘rinishi, 4 may
Isaac Fontana / EPA / Scanpix / LETA
Kanoasada yashovchilar suv bosgan uyi oldida favqulodda xizmatlar vertolyoti orqali evakuatsiya qilinishini kutmoqda, 4 may
Isaac Fontana / EPA / Scanpix / LETA
Dron orqali olingan fotoda Lajyeadu munitsipalitetida 3 may kungi suv toshqini oqibatlari aks etgan. Nyu Yorkdagi mashhur Ozodlik haykalining Braziliyadagi replikalari Havan do‘konlar tarmog‘i ro‘parasida o‘rnatilgan — kadrda ulardan biri aks etgan
Jeff Botega / Agencia RBS / Reuters / Scanpix / LETA
Portu-Alegri aglomeratsiyasiga yondosh joylashgan yana bir shaharcha Prayya-de-Paketada suv bosgan avtomobil yo‘li, 3 may. Bu joyda Jakui daryosi qirg‘og‘idan toshib chiqqan
Isaac Fontana / EPA / Scanpix / LETA
Portu-Alegri markazi ham suv toshqinidan jiddiy jabr ko‘rgan. 4 may kuni olingan fotoda mahalliy aholi yoppasiga evakuatsiya qilinganidan keyin huvullab qolgan kvartallar aks etgan
Renan Mattos / Reuters / Scanpix / LETA
4 may kuni Portu-Alegrida olingan yana bir kadr. Shtat poytaxtida Guaiba daryosi ham toshib chiqqan
Ramiro Sanches / Getty Images
4 may kuni olingan bu fotoda Riu-Grandi-du-Sul shtatidagi San’at muzeyi aks etgan — Portu-Alegridagi diqqatga sazovor me’moriy obidalardan biri bo‘lgan bu muzeyda braziliyalik rassomlarning ijod namunalaridan iborat yirik kolleksiya saqlanadi
Matheus Piccini / Getty Images
Portu-Alegrida suv bosgan yana bir diqqatga sazovor maskan — Mario Kintana nomidagi madaniyat uyi. Avvaliga mehmonxona sifatida qurilgan bu joy ko‘rgazmalar, kinonamoyishlar va boshqa madaniy tadbirlar o‘tkaziladigan joyga aylangan. Bu yerga XX asrdagi taniqli brazil shoiri nomi berilgan. 4 may
Matheus Piccini / Getty Images
Portu-Alegrining tarixiy qismidagi ko‘chalarning suv toshqini vaqtidagi ko‘rinishi, 4 may
Anselmo Cunha / AFP / Scanpix / LETA
Kanoaslik kishi mushugini qutqarmoqda, 4 may
Carlos Macedo / AP / Scanpix / LETA
Braziliya qurolli kuchlari harbiylari Kanoasa aholisi vakillariga evakuatsiyada yordam bermoqda, 4 may
Carlos Macedo / AP / Scanpix / LETA
Portu-Alegri aholisi shtat poytaxti bo‘ylab qayiqda harakatlanmoqda, 4 may
Matheus Piccini / Getty Images
Enkantadu munitsipalitetida suv toshqini oqibatida loyga botib qolgan avtomobillar, 3 may
Diego Vara / Reuters / Scanpix / LETA
Jakui daryosidan toshib chiqqan suv ichida qolgan otlar, Prayya-de-Paketa, 3 may
Isaac Fontana / EPA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid