Surxondaryoda ikkita arxeologik yodgorlik buzib tashlandi
Denov va Sariosiyoda arxelogik yodgorliklar tekislanib, uy-joy va issiqxona qurilgan
Surxondaryoning ikkita tumanida joylashgan arxeologik yodgorliklar fuqarolar va xususiy korxona tomonidan buzib tashlangan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Jumladan, prokuratura va Madaniy meros agentligi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi V–VII asrlarga oid “Qorabog‘tepa-1” arxeologik yodgorligining 585 metr kub maydoni fuqaro S.S. va M.S. tomonidan uy-joy qurish maqsadida tekislab yuborilib, yodgorlikka 19,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Shuningdek, Sariosiyo tumanidagi miloddan avvalgi III–I asrlarga oid “Hayvontepa” arxeologiya yodgorligining 3 500 metr kub maydoni “M.I.S” xususiy korxonasi tomonidan issiqxona qurish maqsadida buzilib, yodgorlikka 208,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Qayd etilishicha, aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Bosh prokuraturaning eslatishicha, mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka asosan og‘ir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nisbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanadi.
Mavzuga oid
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
16:35 / 26.11.2024
Surxondaryoda erta nikohni targ‘ib qilgan bloger jarimaga tortildi
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
14:50 / 21.11.2024