Shavkat Mirziyoyev JST rahbari bilan uchrashuvda O‘zbekiston tez fursatda tashkilotga a’zo bo‘lishi muhimligini ta’kidladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentga kelgan Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi. O‘zbekistonning tashkilotga a’zoligi bo‘yicha muzokaralar faol davom etayotgani ta’kidlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 iyun kuni Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning JST a’zosi bo‘lishi borasida ko‘rilayotgan amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Qisqa muddat ichida Ishchi guruhning ikkita yig‘ilishi o‘tkazilgani, a’zo mamlakatlar bilan faol muzokaralar olib borilayotgani, qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash shartlari muhokama qilina boshlangani va milliy qonunchilikni tashkilotning me’yor va qoidalariga muvofiqlashtirish ishlari davom etayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, «yashil» iqtisodiyotni rivojlantirish, elektron savdo va raqamli xizmatlar eksportini oshirish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligi aytildi.
Xalqaro savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha o‘zbekistonlik ekspertlarning salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Shu ma’noda, JST ko‘magi bilan O‘zbekistonda Savdo siyosati bo‘yicha kompetensiya markazini tashkil etish taklif etildi.
Davlat rahbari JST bosh direktorini Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining faxriy doktori unvoni berilgani bilan tabrikladi.
Uchrashuv yakunida Ngozi Okonjo-Iveala O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirgani ta’kidlanmoqda.
Shu bilan birga, prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi.
«Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi – prezidentimiz uchun o‘ta muhim ustuvor masala ekaniga alohida e’tibor qaratildi. Ngozi Okonjo-Iveala mamlakatimizda olib borilayotgan ishlarni yuksak baholab, Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish yo‘lidagi harakatlarimizni to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirdi», deb yozdi Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqda.
Mavzuga oid
16:24 / 02.12.2024
O‘zbekiston JST a’zoligi bo‘yicha Filippin bilan muzokaralarni yakunladi
16:57 / 29.11.2024
O‘zbekiston Xitoy bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
17:11 / 26.11.2024
"JST bu – adolatli savdo tizimi" - Jamshid Qo‘chqorov
22:12 / 22.11.2024