Jahon | 19:55 / 01.07.2024
21681
1 daqiqa o‘qiladi

Habib Nurmagomedovning bank hisobraqamlari muzlatib qo‘yildi

Bunga sobiq UFC chempionining Rossiya soliq idoralaridan katta miqdorda qarzi borligi sabab sifatida keltirilgan.

Foto: AP

Rossiya Federal soliq xizmati (FNS) yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedovning 297 million rubl qarzi sabab, hisobraqamlarini muzlatdi. Bu haqda Mash Telegram-kanali xabar berdi.

Federal soliq xizmati Nurmagomedovning bir nechta kompaniyasini yopgan. Bunga sportchining rasmiy hujjatlardagi ma’lumotlari ishonchsiz ekani sabab bo‘lgan. Uning bank hisobi xayriya fondi hisobi bilan birga bloklangan.

O‘tgan oyning oxirida xavfsizlik kuchlari "tezkor qidiruv faoliyati" uchun Habibning otasi Abdulmanap Nurmagomedov nomidagi MMA maktabida tintuv o‘tkazgan edi. Bunga Maxachqal’a va Derbentdagi teraktlarni amalga oshirishda ayblanayotgan shaxsning bu yerda mashg‘ulot o‘tkazgani sabab sifatida keltirilgandi.

Mavzuga oid