O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi
Telefon orqali muloqot chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.
"Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov janoblari bilan telefon orqali muloqot qildik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida turli darajada bo‘lajak tadbirlar jadvali ancha keng. Davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishda har ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari barcha imkoniyatlarini ishga solishadi.
"Biz, shuningdek, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarni, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllardagi hamkorlikni boyitish masalalarini muhokama qildik", dedi Baxtiyor Saidov.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan telefon orqali muloqot qildi. Unda ikki tomonlama, mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Mavzuga oid
11:00 / 08.01.2025
O‘zbekiston TIV rahbari Yevropa diplomatiyasi yangi rahbari bilan telefonlashdi
11:08 / 10.12.2024
2015 yildan beri Suriyada 540 nafardan ortiq Rossiya harbiysi halok bo‘ldi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
18:06 / 09.12.2024