Rossiya 99 yoshli SS veteranini xalqaro qidiruvga berdi
Ikkinchi jahon urushi yillarida SS "Galitsiya" diviziyasi saflarida jang qilgan Yaroslav Xunka Kanada parlamentida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng Rossiya rasmiylari e’tiborini tortdi.
Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi 22 avgust, payshanba kuni Ikkinchi jahon urushi yillarida SS "Galitsiya" saflarida jang qilgan 99 yoshli Yaroslav Xunkani (uning familiyasining ukraincha yozilishicha: Gunka) xalqaro qidiruvga berdi. Departamentning Telegram-kanalida e’lon qilingan xabarda qayd etilishicha, Bosh prokuratura Xunkani Interpol ma’lumotlar bazasiga kiritish bo‘yicha «ijobiy qarorga» erishgan.
Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi SS faxriysiga qarshi 2023 yil oktyabr oyida kamida 500 sovet fuqarosining o‘ldirilishida sirtdan ayblov qo‘ydi va shundan so‘ng uni Kanadadan ekstraditsiya qilishni so‘radi. Biroq Kanada rasmiylari ekstraditsiya bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma yo‘qligini bahona qilib, Moskvaga rad javobini berdi.
Kanada parlamentidagi voqea
Yaroslav Xunka 2023 yil sentabrida Kanada parlamentiga tashrifi va u yerda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashganidan so‘ng Rossiya rasmiylari e’tiboriga tushgan. Xunka Zelenskiyga "Ukraina mustaqilligi uchun va ruslarga qarshi kurashgan faxriy" sifatida tanishtirildi, ammo keyinchalik u 1943 yilda natsistlar tomonidan yaratilgan SS "Galitsiya" bo‘linmasida ("Galichina" nomi bilan mashhur) xizmat qilgani aniqlandi. Nyurnberg tribunalining qaroriga ko‘ra, SS a’zolari bo‘lgan barcha shaxslar harbiy jinoyatchilar hisoblanadi.
Hodisa natijasida Kanada parlamenti spikeri Entoni Rot iste’foga chiqdi va Zelenskiy bilan birga SS faxriysini olqishlagan mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudo omma oldida uzr so‘radi.
Mavzuga oid
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
21:53 / 25.12.2024
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
20:54 / 25.12.2024
Qozog‘istonda halokatga uchragan samolyot yerdan urib tushirilgani haqida taxminlar yangramoqda
20:34 / 25.12.2024