YeI yana Minskni barcha siyosiy mahbuslarni ozod qilishga chaqirdi
Bryussel Minsk tomonidan 30 nafar siyosiy mahbusning ozod etilishini e’tiborga oldi. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi siyosiy sabablarga ko‘ra sudlanganlarni zudlik bilan ozod qilishga va barcha mahbuslarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatishga chaqirdi.
Belarus hukumati oz sonli siyosiy mahbuslarni ozod qilganini ta’kidlab, Yevropa Ittifoqi hibsdagi sharoitlari ko‘pincha hayotiga tahdid soladigan barcha siyosiy mahbuslarni zudlik bilan va so‘zsiz ozodlikka chiqarishni talab qilishda davom etmoqda. Bu haqda YeI tashqi siyosati vakili Piter Stanoning 22 avgust, payshanba kuni chop etilgan bayonotida aytiladi.
Bryusselning eslatishicha, Belarusda 1300 dan ortiq siyosiy mahbuslar, jumladan, Sergey Tixanovskiy, Igor Losik, Mariya Kolesnikova, Nikolay Statkevich, Maksim Znak va Viktor Babariko kabilar qamoqxonalarda qolmoqdalar.
Stanoning bayonotida, shuningdek, Yevropa Ittifoqi ozod etilganlarning ba’zilari shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj ekanligiga e’tibor qaratgani aytiladi. Yevropa Ittifoqi Minsk hukumatini barcha mahbuslarga yetarli tibbiy yordam ko‘rsatishga chaqirdi.
16 avgust kuni Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko 2020 yilgi prezidentlik saylovlaridagi soxtalashtirish natijasida tinch namoyishlarda ishtirok etganlikda ayblangan 30 kishini - 14 ayol va 16 erkakni afv etish haqidagi farmonni imzoladi. Afv etilganlar orasida og‘ir xastalikka chalinganlar va pensionerlar ham bor.
Mavzuga oid
16:03 / 20.12.2024
YeIning 15 ta davlati suriyaliklarning boshpana so‘rovini ko‘rib chiqmayapti
13:52 / 19.12.2024
YeI sudi Deripaska va ikki bankni sanksiyalar ostida qoldirdi
15:20 / 18.12.2024
YeI Suriyadagi diplomatik vakolatxonasini qayta ochishga tayyor
16:06 / 17.12.2024