Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar aybiga iqror bo‘ldi
KXDR bilan chegarani kesib o‘tgunga qadar u ikki oy Janubiy Koreyada fuqarolarga hujum uyushtirish va politsiya mashinasiga oyog‘i bilan shikast yetkazishda ayblanib, qamoqda o‘tirgan.
Janubiy Koreyadan KXDRga qochib o‘tgan amerikalik askar Trevis King dezertirlik bo‘yicha o‘z aybini tan oldi, deb xabar beradi BBC.
2023 yil iyulda AQSh armiyasi Kingga nisbatan chegarani noqonuniy kesib o‘tish bo‘yicha 14 ta ayblov e’lon qilgandi. U ayblovlarning faqat beshtasi, jumladan, dezertirlik va hujum bo‘yicha aybiga iqror bo‘lmoqda.
Harbiy xizmatchi o‘z aybiga iqror bo‘lishi va hukm e’lon qilinishiga bag‘ishlangan eshituv 20 sentabr kuni Texasdagi Fort-Bliss harbiy bazasida bo‘lib o‘tadi. «Trevis ishi harbiy sudda ko‘rib chiqiladi», — deyiladi xabarda.
Qoralovchi tomon bilan kelishuv doirasida qolgan ayblovlar, jumladan, bolalar pornografiyasini saqlash bo‘yicha ayblov olib tashlanishi kutilmoqda.
Oddiy askar King 2021 yil yanvardan beri armiyada xizmat qilib keladi va bo‘linmalar rotatsiyasi doirasida Janubiy Koreyaga yuborilgan. KXDR bilan chegarani kesib o‘tgunga qadar u ikki oy Janubiy Koreyada fuqarolarga hujum uyushtirish va politsiya mashinasiga oyog‘i bilan shikast yetkazishda ayblanib, qamoqda o‘tirgan.
Trevis 10 iyulda — mamlakatning Pxenyan bilan chegarasini kesib o‘tishidan sakkiz kun oldin ozod qilingan. Kingni AQShga olib kelish bo‘yicha muzokaralar shvetsiyalik amaldorlar vositachiligida amalga oshirilgan bo‘lib, natijada askar Shimoliy Koreyaning Xitoy bilan chegarasiga yetkazilgan.
Mavzuga oid
18:30 / 26.12.2024
Olimlar atigi 15 daqiqada olmos yaratishni o‘rgandi
17:51 / 26.12.2024
Janubiy Koreya parlamenti prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchiga ham impichment e’lon qilmoqchi
17:43 / 25.12.2024
Janubiy Koreya “o‘ta qari jamiyat” deb tan olindi
17:35 / 25.12.2024