O‘zbekiston | 12:17 / 05.09.2024
1797
1 daqiqa o‘qiladi

Elektrotexnika sohasida 45 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Mahsulotlar eksport bo‘layotgan davlatlar so‘nggi uch yilda 2 karra oshib, 62 taga yetdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiyalarni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Unda sohada faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq tajribali tadbirkorlar ham ishtirok etmoqda.

Davlat rahbari yaratilgan imkoniyatlar hisobiga so‘nggi yetti yilda sohaga 1 milliard dollar investitsiya kiritilganini ta’kidladi. Natijada 762 ta yangi korxona ishga tushgan, 45 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Ishlab chiqarish hajmi 1,8 barobar o‘sdi, yillik daromadi 100 milliard so‘mdan oshgan korxonalar 6 tadan 25 taga ko‘paydi. Tarmoqdagi korxonalar hisobidan budjetga tushum 8 barobar oshdi.

Mahsulotlar eksport bo‘layotgan davlatlar so‘nggi uch yilda 2 karra oshib, 62 taga yetdi.

Mavzuga oid