O‘zbekiston elchisi Qozog‘iston prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi Baxtiyor Ibrohimov Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Marosim Qozog‘iston rahbarining "Oqo‘rda" qarorgohida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirar ekan, Qozog‘iston prezidentiga qozoq tilida murojaat qildi.
Tadbir davomida Ispaniya, Estoniya, Sudan, Ruanda, Dominikan Respublikasi va Mavrikiy elchilari ham o‘zlarining ishonch yorliqlarini topshirdilar.
Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev elchilarni ushbu lavozimga kirishishlari bilan tabriklar ekan, Qozog‘iston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida ta’kidladi va ularga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish borasidagi diplomatik faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Elchi Baxtiyor Ibrohimov 1 sentabr kuni Qozog‘iston poytaxtiga tashrif buyurgan edi. U 2018-2024 yillarda O‘zbekistonning Ostonadagi elchisi lavozimida ishlagan Saidikrom Niyozxo‘jayev o‘rniga tayinlandi.
Mavzuga oid
20:09 / 20.09.2024
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
16:07 / 19.09.2024
Qozog‘iston 2022 yildan beri 2,3 mlrd dollarlik aktivlarni davlat hisobiga qaytardi
12:30 / 17.09.2024