O‘zbekiston | 13:50 / 13.09.2024
6392
1 daqiqa o‘qiladi

Dubaydan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan aviareys majburan bekor qilindi

Havo kemasining uchishga tayyor emasligi va ekipaj ish vaqti cheklangani sababli 12 sentabr kungi Dubay–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY334 aviaqatnovi majburan bekor qilindi. 

Foto: Kun.uz

Dubaydan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan aviareys majburan bekor qilindi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airways.

Havo kemasining uchishga tayyor emasligi va ekipajning ish vaqti cheklangani sababli 12 sentabr kungi Dubay–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY334 aviaqatnovi majburan bekor qilindi. Yo‘lovchilar 13 sentabr kungi HY334 muntazam aviaqatnovida olib kelinadi. 

Yo‘lovchilarga Dubay shahrida qolish uchun mehmonxona taqdim etiladi. Uzbekistan Airways noqulayliklar uchun uzr so‘radi va aviakompaniya uchun parvozlar xavfsizligi ustuvor vazifa bo‘lib qolishini eslatdi.

Mavzuga oid