Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Beybut Atamqulovni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning xabar berishicha, orden elchining ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy ma’no-mazmun hamda muhim tashabbuslar bilan boyitish, ustuvor yo‘nalishlardagi aloqalarni kengaytirish va har tomonlama rivojlantirish yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun berilgan.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mukofotni bugun elchiga topshirdi.
“Elchi janoblari va uning jamoasini chin yurakdan tabriklaymiz!” - deb yozadi vazir.
Mavzuga oid
20:09 / 20.09.2024
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
16:07 / 19.09.2024
Qozog‘iston 2022 yildan beri 2,3 mlrd dollarlik aktivlarni davlat hisobiga qaytardi
12:30 / 17.09.2024
Shols Qozog‘istonda hamkorlikni kuchaytirish rejalari haqida ma’lum qildi
18:55 / 16.09.2024