Rossiya O‘zbekistonga GLONASS signalidan foydalanish imkonini berishi mumkin
Putin Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida GLONASS signalidan foydalanish bo‘yicha muzokaralarni ma’qulladi.
Rossiya O‘zbekistonga o‘zining GLONASS sun’iy yo‘ldosh tizimi yuqori aniqlikdagi signalidan foydalanish imkonini berishi mumkin. Toshkent bilan bu boradagi muzokaralarni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’qulladi va tegishli farmoyish huquqiy axborot portalida joylashtirildi.
«Rossiya hukumati va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida GLONASS global navigatsiya sun’iy yo‘ldosh tizimining yuqori aniqlikdagi signalidan foydalanish imkoniyatini ta’minlash kelishuvi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risidagi taklif qabul qilinsin», deyiladi hujjatda.
Global navigatsiya sun’iy yo‘ldosh tizimi (GLONASS) - Rossiya sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi bo‘lib, Yerning istalgan nuqtasida mavjud bo‘lgan fuqarolik signallarini translatsiya qiladi, navigatsiya xizmatlarini bepul va cheklovlarsiz, shuningdek, maxsus ilovalar uchun yuqori aniqlikdagi shifrlangan signalni taqdim etadi.
GPS tizimidan asosiy farqi shundaki, GLONASS sun’iy yo‘ldoshlari orbital harakatida Yerning aylanishi bilan rezonansga (sinxronlikka) ega emas, bu esa ularga katta barqarorlikni ta’minlaydi.
Mavzuga oid
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:16 / 24.12.2024
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
20:13 / 24.12.2024
Rossiyada jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining voyaga yetmagan farzandlari vatanga qaytarildi
18:22 / 24.12.2024