Rossiya Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitida qatnashmaydi
Shu bilan birga, Rossiya hukumati «inqirozni siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal qilishdan voz kechmasligini» ma’lum qildi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova o‘z mamlakati rasmiylari Ukraina 2024 yil oxirigacha tashkil etishni rejalashtirayotgan tinchlik sammitida qatnashmasligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tinchlik sammitining Rossiya-Ukraina urushini hal qilishga hech qanday aloqasi yo‘q. U buni «anglo-sakslar va ularning ukrain qo‘g‘irchoqlarining firibgarligining yana bir ko‘rinishi» deb atadi.
«Ikkinchi sammit ham xuddi shunday maqsadni ko‘zlaydi – mojaroni hal qilishning muqobil bo‘lmagan asosi sifatida mutlaqo nomaqbul «Zelenskiy formulasi»ni ilgari surish, jahondagi ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga erishish va Rossiyaga taslim bo‘lish ultimatumini taqdim etish. Biz bunday «sammitlarda» qatnashmaymiz», dedi Rossiya TIV vakili.
Shu bilan birga, Zaxarova Rossiya hukumati «inqirozni siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal qilishdan voz kechmasligini» va «joydagi» vaziyatni inobatga olgan haqiqatan ham jiddiy takliflarni muhokama qilishga tayyorligini qo‘shimcha qildi.
Birinchi «tinchlik sammiti» shu yil iyun oyida Shveytsariyada bo‘lib o‘tdi va unda rossiyalik diplomatlar ishtirok etmadi. 20 sentabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev g‘alaba rejasi ustida faol ishlayotganini va Rossiya bilan suhbat uchun uchta band tayyorlaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina ittifoqchilari ikkinchi tinchlik sammitiga Rossiya tomoni vakillarini taklif qilish zarurligiga rozi.
Mavzuga oid
20:22
Frontdagi vaziyat: Rossiya va KXDR qo‘shinlari Kursk oblastida yurishning yangi to‘lqinini amalga oshirmoqda
20:16
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
20:13
Rossiyada jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining voyaga yetmagan farzandlari vatanga qaytarildi
18:22