O‘zbekiston | 09:50 / 23.09.2024
12237
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya kompaniyasi O‘zbekiston bo‘ylab hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Britaniyaning Golden Eagle Luxury Trains turistik kompaniyasi bilan birgalikda  mamlakat qadimiy shaharlari bo‘ylab "O‘zbekiston xazinalari" nomli temiryo‘l vagonlarida hashamatli xush ko‘radigan britaniyalik va boshqa xorijiy sayyohlar uchun tur tashkil etildi.

Foto: "Dunyo" AA

Tur sayohatning "laksheri" segmentiga tegishli bo‘lib, go‘zallikning haqiqiy shaydolari uchun mo‘ljallangan.

Mamlakat bozorlari va ajoyib mozaik me’morchiligi bo‘ylab 11 kunlik sayohat, yurt diqqat sazovor hamda ommabop bo‘lgan Toshkent, Qo‘qon, Rishton, Marg‘ilon, Buxoro, Nukus, Xiva, Shahrisabz va Samarqand shaharlari bo‘ylab amalga oshiriladi.

Safar davomida O‘zbekistoning Britaniyadagi turistik brendi elchisi Sofi Ibbotson mehmon va ma’ruzachi sifatida xorijiy sayyohlarga hamrohlik qiladi hamda ularni eksklyuziv sayyohlik salohiyati bilan tanishtirib boradi.

Mavzuga oid