Saidikrom Niyozxo‘jayev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi etib tayinlandi
Saidikrom Niyozxo‘jayev bungacha Qozog‘istondagi elchi lavozimida ishlab kelayotgan edi. U Bishkekdagi diplomatik missiyaga rahbarlik qilgan Xurshid Mirzohidov o‘rniga tayinlandi.
O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev Qirg‘iziston poytaxtiga keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Saidikrom Niyozxo‘jayev Bishkekka tayinlanishidan oldin, 2018 yildan buyon O‘zbekistonning Qozog‘istondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Diplomat 2024 yil avgust oyida amalga oshirilgan ishlari va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun Qozog‘iston prezidentining farmoni bilan II darajali «Dostyq» ordeni bilan taqdirlangan.
Elchi Saidikrom Niyozxo‘jayev 59 yoshda. Toshkent politexnika institutini (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) tamomlagan. 2015 yilda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlanguniga qadar Prezident administratsiyasi va hukumat tuzilmalarida mas’ul lavozimlarda, jumladan, davlat maslahatchisi o‘rinbosari, iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Saidikrom Niyozxo‘jayev 2020—2024 yillarda O‘zbekistonning Bishkekdagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qilgan Xurshid Mirzohidov o‘rniga tayinlandi.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024