Trampga suiqasd bo‘yicha ishda yangi ayblov ilgari surildi
Ehtimoliy jinoyatchi siyosiy nomzodni o‘ldirishga urinishda ayblanmoqda. Ishni Trampni lavozimidan ketganidan keyin maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlaganlik ayblovi bo‘yicha ishda oqlab chiqqan sudya ko‘radi.
AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni Floridadagi golf klubi yonida miltiq bilan poylab o‘tirganlikda gumon qilingan hujumchi siyosiy nomzodni o‘ldirishga urinishda ayblandi. «Adliya vazirligi demokratiyamiz qalbini nishonga olgan zo‘ravonlikka toqat qilmaydi va biz buni sodir etganlarni topib, javobgarlikka tortamiz. Buni to‘xtatish kerak», dedi 24 sentabr, seshanba kuni AQSh bosh prokurori Merrik Garland.
58 yoshli gumonlanuvchining aybi isbotlansa, umrbod qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin. Ishni sudya Aylin Kennon ko‘rib chiqadi, u iyun oyida Trampga o‘z lavozimini tark etganidan keyin maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlash bo‘yicha ayblovlarni rad etgan edi.
Ehtimoliy jinoyatchi hozircha o‘z aybini tan olmadi. Advokatlar uni garov evaziga qo‘yib yuborishga erishishga urinib ko‘rishdi.
Suiqasdga urinish holati
So‘nggi kunlarda prokuratura, uning fikricha, Trampga rejalashtirilgan suiqasd faktini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etdi. Boshqa narsalar qatorida, gumonlanuvchining «Donald Trampga suiqasd uyushtirishga urinish»ga ishora qilgan xati, shuningdek, Tramp nutqlari sanalari va joylarining qo‘lyozma ro‘yxati topildi.
Gumonlanuvchiga 15 sentabr kuni Florida shtatining Uest-Palm-Bich shahridagi klubda golf o‘ynab yurgan Trampga qarata miltiqni panjara ustidan o‘qtalgani munosabati bilan noqonuniy qurol saqlash ayblovi qo‘yilgan.
Mavzuga oid
23:26 / 26.09.2024
Tramp urushni to‘xtatish uchun «har qanday bitim»ga bormayotgan Zelenskiyga qarshi hujumga o‘tdi
12:10 / 26.09.2024
Tramp Eron tomonidan o‘ldirish tahdidlari haqida ogohlantirildi
22:59 / 25.09.2024
AQSh Senati: Maxfiy xizmat Trampga uyushtirilgan suiqasdning oldini olishi mumkin edi
22:31 / 25.09.2024