O‘zbekiston | 13:00 / 27.09.2024
1339
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Misr o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahrida O‘zbekiston va Misr tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 11-davrasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: TIV

TIV ma’lumotiga ko‘ra, delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyev va Misr tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ahmad Shahin boshchilik qildi.

Tomonlar O‘zbekiston-Misr o‘rtasidagi har tomonlama sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani va ko‘p qirrali hamkorlik kengayayotganini qayd etdilar. 2023 yil fevral oyida Qohiraga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amaliy ro‘yobga chiqarilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda sheriklikni mustahkamlash uchun mavjud salmoqli salohiyatni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik tasdiqlandi.

Iqtisodiy diplomatiya salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rishga o‘zaro tayyorlik bildirildi. Yaqinda mamlakatimizda o‘tkazilgan O‘zbekiston-Misr biznes-forumi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishi ta’kidlandi.

Uchrashuvda ikki davlat ishbilarmonlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro sayyohlar oqimini ko‘paytirish, ta’lim, innovatsiyalar, sog‘liqni saqlash kabi ustuvor yo‘nalishlardagi aloqalarni kengaytirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Maslahatlashuvlarda xalqaro va mintaqaviy masalalar, shuningdek, turli darajadagi qo‘shma tadbirlarning reja va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Mavzuga oid