Toshkentda O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmonlar forumi o‘tkazilishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Nodir Turg‘unov Ar-Riyod Savdo-sanoat palatasining xalqaro hamkorlik departamenti direktori Mansur al-Ajmiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni ishbilarmonlari o‘rtasida biznes-forum, uchrashuv va tashriflar sonini oshirish, savdo hajmini ikki davlat imkoniyatlariga mos tarzda ko‘tarish va mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Podshohlik bozorlariga eksportini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.
Mansur al-Ajmiy ikki tomonlama hamkorlik ko‘lami kundan kunga rivojlanib borayotganini, ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida do‘stona aloqalar tobora mustahkamlanayotganini, saudiyalik xususiy soha vakillarining O‘zbekistonda o‘z biznesni yo‘lga qo‘yishga qiziqishi ortayotganini bildirdi.
O‘zbekiston diplomatik missiyasi rahbari o‘z navbatida, Saudiya ishbilarmon doiralar vakillaridan iborat delegatsiyani O‘zbekistonga safarini tashkil etish, Toshkent shahrida "O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni" ishbilarmonlar forumini birgalikda o‘tkazish va boshqa takliflarni bildirdi.
Mavzuga oid
23:45 / 26.09.2024
Saudiya Arabistoni neft qazib chiqarishni oshirib, Rossiya budjetiga zarba berishga tayyorlanmoqda
13:38 / 24.09.2024
Saudiyaning asr loyihasiga aylanishi kutilgan Vision 2030 dasturi qiyinchiliklarga duch keldi
08:20 / 11.09.2024
«Umra – 2024» yangi mavsumi boshlandi
09:44 / 29.06.2024