GFR kanslerligiga nomzod: Kiyev uchun g‘alaba - hududlar nazorati
XDI raisi Fridrix Mers Ukrainadagi 2,5 yillik urush natijalarini «hushyorlikka chorlovchi» hamda Berlin juda kech harakat qilishni boshlagan va juda kam ish qilgan, deb hisoblaydi.
Ukrainaning Rossiyaga qarshi urushda g‘alabasi uning hududi ustidan nazoratni qaytarish va Rossiya qo‘shni davlatga hujum qilishni to‘xtatadigan vaziyat bo‘lishi kerak. Bu fikrni 29 sentabr, yakshanba kuni Bild tabloidiga bergan intervyusida muxolifatdagi Xristian-demokratik ittifoq/Xristian-sotsial ittifoq (XDI/XSI) blokidan Germaniya kansleri lavozimiga nomzod Fridrix Mers bildirdi.
«Ukraina hech qachon Rossiyani (harbiy jihatdan) mag‘lub eta olmaydi, - dedi Mers. - Ammo men uchun g‘alaba uning hudud ustidan suverenitetini qaytarib olishi kerakligini anglatadi. Biz Rossiyaga harbiy kuch ishlatish bilan urushni davom ettirish befoyda ekanligini ko‘rish uchun hamma narsani qilishimiz kerak».
Fridrix Mers Sara Vagenknext haqida
Yanvar oyida o‘z partiyasi - «Sara Vagenknext ittifoqi — sog‘lom fikr va adolat»ni ro‘yxatdan o‘tkazgan so‘llar sobiq yetakchisi Sara Vagenknext haqida gapirar ekan, Fridrix Mers uni «Germaniyada ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan yuqori intellektual demagog» deb atadi.
Saksoniya, Tyuringiya va Brandenburg parlamentlari (landteglari)ga saylovlarda Germaniya siyosiy maydonida yangi bo‘lgan «Sara Vagenknext ittifoqi — sog‘lom fikr va adolat» partiyasi Turingiyada 15,8 foiz, Saksoniyada 11,8 foiz, Brandenburgda 13,5 foiz ovoz to‘plab, yuqori natijalarga erishdi.
Bu partiya dasturining asosiy bandlaridan biri Kiyevga qurol yetkazib berishdan bosh tortish va Berlinning Ukrainada diplomatik yo‘llar bilan tinchlikka erishishga qaratilgan faoliyatini kuchaytirishdir. Ayrim kuzatuvchilar Sara Vagenknext siyosatini Kreml manfaatlariga xizmat qiladi, deb tanqid ostiga oladi. Biroq, uning o‘zi bunday ayblovlarni rad etadi.
«Biz aytishimiz kerak: u (Sara Vagenknext) hech qanday kuch sarflamasdan farovonlikni va’da qiladi, u himoyasiz tinchlik va erkinlikni va’da qiladi, bu biz hozir ko‘rayotganimizdan tubdan farq qiladi», deb ta’kidladi Mers Bild nashriga bergan intervyusida.
Mavzuga oid
10:30
Germaniya Kiyevga keng qamrovli yangi qurollar paketini taqdim etadi
14:32 / 20.12.2024
Yevroittifoq Kiyevga qo‘shimcha 30 mlrd yevro ajratmoqchi
07:52 / 19.12.2024
NATO Kiyevga harbiy yordamni muvofiqlashtirishni o‘z zimmasiga oldi
14:52 / 16.12.2024