Jahon | 21:53 / 01.10.2024
20344
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Isroilga raketalarni uchirdi

Havo hujumi haqida ogohlantirish butun Isroil bo‘ylab yangradi.

Foto: Reuters

Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) mamlakatga Erondan 100 ga yaqin raketa uchirilganini xabar qildi.

Umuman olganda, Eron 250 tagacha raketa uchirishi kutilayotgani ta’kidlanmoqda. Havo hujumi haqida ogohlantirish butun Isroil bo‘ylab yangramoqda.

«TsAHAL Isroil davlatining tinch aholisini himoya qilish uchun barcha zarur ishni qilmoqda va qiladi», deyiladi bayonotda.

Isroil armiyasi aholini boshpana topishga va raketa tahdidi bartaraf etilmaguncha u yerda qolishga chaqirdi.

«Havo hujumidan mudofaa tizimi to‘liq ishlamoqda, zarur bo‘lgan joyda, hatto hozirgi paytda ham tahdidlarni aniqlaydi va to‘xtatadi. Biroq, mudofaa tizimi germetik emas, shuning uchun front orti qo‘mondonligining ko‘rsatmalariga amal qilish kerak», dedi TsAHAL vakili, kontr-admiral Daniel Hagari.

Mavzuga oid