O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi qo‘shma ishchi guruh tuzilmoqda
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida o‘zaro savdoni kengaytirish va elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish uchun ekspertlardan iborat qo‘shma ishchi guruh tuzilmoqda.
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akrom Aliyev Turkiya Savdo vaziri o‘rinbosari Mustafo Tuzju bilan uchrashdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga yetkazish maqsadida ikki davlat o‘rtasida imzolangan imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim doirasida tovarlar ro‘yxatini kengaytirish, mahsulotlarga nisbatan cheklovlarni olib tashlash, savdo tartib-qoidalarini soddalashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida o‘zaro savdoni kengaytirish va elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish uchun ikki davlat ekspertlaridan iborat qo‘shma ishchi guruh tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
20:48 / 25.12.2024
Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «dafn etish»ga va’da berdi
17:38 / 24.12.2024
Turkiyada portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda portlash sodir bo‘ldi
00:45 / 23.12.2024
Turkiya TIV rahbari Suriyaga qarshi sanksiyalarni tezroq bekor qilishga chaqirdi
17:52 / 17.12.2024