Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti bilan uchrashdi
Ashxobod shahridagi xalqaro forum doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron islom respublikasi prezidenti Mas’ud Pizishkiyon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Turli darajalardagi faol aloqalar va samarali almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi va qo‘shma korxonalar soni ortib bormoqda.
Davlat rahbarlari kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va tezkor amalga oshirish, Imtiyozli savdo bitimi doirasidagi mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish muhimligini ta’kidladilar.
O‘zbekiston va Eron yetakchilari xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdi.
Mavzuga oid
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
16:58 / 25.12.2024
Eronda WhatsApp va Google Play blokdan chiqariladi
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
00:30 / 25.12.2024