Jahon | 14:40 / 16.10.2024
1673
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa suv havzalarining faqat uchdan bir qismi yaxshi holatda

Yevropa atrof-muhit agentligi hisobotida aytilishicha, 2021 yilda Yevropadagi ko‘llar va daryolarning uchdan bir qismidan salgina ko‘prog‘i yaxshi yoki juda yaxshi ekologik holatda bo‘lgan.

Foto: Shutterstock

2021 yilda Yevropadagi ko‘l va daryolarning atigi 37 foizi yaxshi yoki a’lo holatda deb baholandi. Bu haqda 15 oktyabr, seshanba kuni Yevropa atrof-muhit agentligi rasmiy saytida chop etilgan hisobotida aytiladi. Hisobot mualliflarining qayd etishicha, 2010 yildan buyon bu ko‘rsatkich biroz oshgan, garchi Suv asoslari bo‘yicha direktivaga muvofiq, Yevropa suvlari 2015 yilgacha yaxshi holatga kelishi kerak edi.

Yaxshi kimyoviy holat suv havzalarining atigi 29 foizida qayd etilgan. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqida ichimlik suvining uchdan ikki qismini ta’minlaydigan yerosti suvlari sezilarli darajada yaxshilangan. Yevropa atrof-muhit agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ular hajmining 77 foizi yaxshi kimyoviy holatga ega.

Nihoyat, hozir, tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, Yevropa hududining 20 foizi va aholisining 30 foizi har yili suv tanqisligidan aziyat chekmoqda va kelajakda bu ko‘rsatkichlar iqlim o‘zgarishi tufayli oshishi mumkin.

Mavzuga oid