GFRda IShID tarafdori Isroil elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan
Karlsrue prokurorlari liviyalik IShID tarafdori tomonidan Isroilning Berlindagi elchixonasiga rejalashtirilgan hujum tafsilotlarini oshkor qildi.
Isroilning Berlindagi elchixonasiga o‘qotar qurollar bilan hujum rejalashtirilgan edi. Bu haqda 20 oktyabr, yakshanba kuni Karlsrue prokuraturasi ma’lum qildi.
Xabarda aniqlik kiritilishicha, diplomatik idoraga hujum tayyorlashda gumon qilinuvchi shaxs IShID terrorchilik tashkiloti tarafdori bo‘lishi mumkin bo‘lgan liviyalik Umar A. U hujumni «2024 yil oktyabr oyidan kechiktirmay» amalga oshirishni rejalashtirgan va «IShID a’zosi bilan messenjer chatida ma’lumot almashgan». AFP agentligi prokuraturaga tayanib aniqlik kiritishicha, Umar A. 24 yoshda.
Bernauda Isroil elchixonasiga hujumga tayyorgarlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi
Bir kun avval, 19 oktyabr, shanba kuni Germaniyaning Bernau shahrida Berlindagi elchixonaga hujum tayyorlaganlikda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi. Tintuvlar uning uyida, shuningdek, jinoyat sodir etishda gumon qilinmagan va ishda guvoh sifatida ishtirok etayotgan shaxsga tegishli Shimoliy Reyn-Vestfaliya yerining Reyn-Zig okrugidagi uyda o‘tkazildi.
Avvalroq Bild gazetasi hibsga olingan shaxs haqida boshqa tafsilotlarni ham keltirgan edi. Xususan, uning boshpana so‘rab bergan arizasi rad etilgani uchun bir yil avval Germaniyadan deportatsiya qilinishi kerakligi ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:00 / 23.12.2024
GFRda Magdeburg bo‘yicha qo‘shimcha surishtiruvlar o‘tkaziladi
16:23 / 21.12.2024
GFR prezidenti 27 dekabrda Bundestag tarqatilishini e’lon qiladi
16:39 / 19.12.2024
GFR diplomatlari Suriyadagi isyonchilar bilan aloqa o‘rnatdi
13:10 / 16.12.2024