Jahon | 15:00 / 21.10.2024
3175
2 daqiqa o‘qiladi

TsAHAL «Hizbulloh» razvedka markaziga hujum qildi

Isroil armiyasi Livan poytaxti Bayrut chekkasidagi «Hizbulloh» a’zolarining razvedka markazi va yerosti qurol zavodiga hujum qilgani haqida xabar berdi.

Foto: Hussein Malla/AP/picture alliance

Isroil mudofaa kuchlari Livan poytaxti Bayrut chekkasida «Hizbulloh» tashkilotining razvedka markazi va yerosti qurol zavodiga hujum uyushtirilganini e’lon qildi. Harbiylar tegishli xabarni 20 oktyabr, yakshanba kuni tarqatdi.

TsAHAL bayonotida aytilishicha, zarbadan oldin «tinch aholiga zarar yetkazish xavfini kamaytirish uchun ko‘plab choralar ko‘rilgan, jumladan, hudud aholisi oldindan ogohlantirilgan».

Netanyahu: TsAHAL «Hizbulloh»da Rossiya qurollarini topdi

Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) askarlari «Hizbulloh» tashkiloti jangchilari bazalarini tintuv qilish chog‘ida Rossiyaning «eng zamonaviy» qurollarini topdi, dedi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu 16 oktyabr kuni Fransiyaning Le Figaro gazetasiga bergan intervyusida. 

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, BMTning 2006 yildagi rezolyutsiyasiga ko‘ra, Isroil va Livan chegarasidan oqib o‘tuvchi Letani daryosining janubida faqat Livan armiyasida qurol-yarog‘ bo‘lishi mumkin. «Ammo, «Hizbulloh» bu hududda yuzlab tunnel va yashirin joylar qazdi, u yerda biz hozirgina zamonaviy rus qurollarining bir nechtasini topdik», — deya uning so‘zlarini keltiradi nashr.

Avvalroq The Washington Post (WP) Isroil rasmiylariga tayanib, Livan janubida TsAHAL harbiy amaliyoti chog‘ida Rossiya va Xitoyning tankka qarshi qurollari topilgani haqida xabar bergan edi.

Mavzuga oid