Sport | 19:24 / 21.10.2024
14303
2 daqiqa o‘qiladi

Usmon Toshev – Afg‘oniston milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

O‘zbekistonlik mutaxassis Usmon Toshev Afg‘oniston milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda ToloNews xabar bermoqda.

Foto: avapress.com

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan Usmon Toshev qo‘shni mamlakat milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshladi. Manba xabariga ko‘ra, tomonlar 1 yillik shartnoma imzolagan. Bugun Qobulda o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu haqda e’lon qilingan.

59 yoshli Usmon Toshev futbolchilik faoliyati davomida «Nurafshon Buxoro», «Zarafshon», «Paxtakor», «Solnok» (Vengriya), «Keratsini» (Gretsiya) va O‘zbekiston milliy jamoasida faoliyat yuritgan bo‘lsa, murabbiy sifatida «Buxoro», «Nasaf» klublarini boshqargan, shuningdek, O‘zbekiston milliy jamoasida yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan bo‘lsa, 2018-2021 yillar davomida Tojikiston milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. Usmon Qudratovich hozirgacha O‘FA terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Afg‘oniston milliy jamoasi FIFA reytingida 152-o‘rinni egallab turibdi.

Mavzuga oid