O‘zbekiston | 23:05 / 22.10.2024
6401
1 daqiqa o‘qiladi

Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Olimjon Suyunovich Abdullayev ushbu lavozimda ish boshlaydi. Tayinlovga qadar u O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn (Germaniya) shahridagi bosh konsuli lavozimida ishlagan.

Foto: TIV

Prezident qaroriga muvofiq, Abdullayev Olimjon Suyunovich O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Qayd qilinishicha, u ko‘p yillar davomida Tashqi ishlar vazirligi tizimida mehnat qilgan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar 2021-2024 yillarda O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn (Germaniya) shahridagi bosh konsuli lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid