Polsha Rossiyaning Poznandagi konsulligini yopmoqda
Rossiya Polshada qo‘poruvchilik aktini tayyorlayotgan edi, dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy. Moskva Poznandagi Rossiya konsulligining yopilishiga «og‘riqli javob» berilishini va’da qildi.
Varshava Poznandagi Rossiya konsulligini yopmoqda, uning xodimlari Polshada persona non grata deb e’lon qilindi. Bu haqda 22 oktyabr, seshanba kuni Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. Polsha diplomatiyasi rahbari bu qadamni Rossiya tomonining diversion faoliyati bilan izohladi.
«Rossiya Federatsiyasi respublika hududida (Polshada) qo‘poruvchilik harakatini amalga oshirishga urindi, prokuraturaga ko‘ra, bu (rejalashtirilgan qo‘poruvchilik) Rossiya davlati tuzilmalari tomonidan amalga oshirilishi kerak edi», deb yozgan Sikorskiy. Uning qo‘shimcha qilishicha, «bu harakatlar yagona emasligi va takrorlanishi mumkinligi» haqida ma’lumotga ega.
Polshaning Onet internet-nashri yozganidek, Polsha prokuraturasining xulosalari diversant — 51 yoshli Ukraina fuqarosi Sergey S.ning ko‘rsatmasiga asoslanadi. U Rossiya maxsus xizmatlari topshirig‘i bo‘yicha Vrotslav shahridagi bo‘yoq ishlab chiqaruvchi korxonada o‘t qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rgan.
«Rossiya Polsha hududida gibrid urush olib bormoqda, men tashqi ishlar vaziri sifatida bunga qat’iy munosabat bildirishga majburman, - deyiladi Sikorskiyning boshqa postida. - Biz bir qadam ham orqaga chekinmaymiz, biz Polsha Respublikasini himoya qilamiz, biz polyaklarni himoya qilamiz».
Mavzuga oid
18:09
KXDR Rossiyani «muqaddas urushda» qo‘llab-quvvatlaydi – KXDR tashqi ishlar vaziri
17:18
Medvedev Rossiyada rus tilini bilmaydigan bolalarni maktabga qabul qilmaslikni taklif etdi
12:50
Rossiyada sariyog‘ va tuxumdan keyin kartoshka ham qimmatlashdi
12:10