O‘zbekiston | 07:30 / 23.10.2024
5925
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatidagi ayrim zapravkalarda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi

Toshkent viloyatida uchta AYoQShda avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi holati aniqlandi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya

“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, holat inspeksiya tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarish yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan.

Ohangaron tumanida joylashgan “D.” xususiy korxonasiga qarashli AYoQSh o‘rganilganda 4 dona ming litrlik yelim idishlarda dizel yonilg‘isi saqlanayotgani hamda nostandart yelim idishlarga dizel yonilg‘isi quyish holati aniqlangan. 

Shuningdek, ushbu shoxobchada sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda Ai-92 rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) ma’lum bo‘lgan.

Bu kabi holatlar Yangiyo‘l tumanida “S.F.B.” MChJ va Parkent tumanida “P.” fermer xo‘jaligiga qarashli AYoQShda ham aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYoQSh kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.

Mavzuga oid