Jahon | 13:03 / 26.10.2024
1202
1 daqiqa o‘qiladi

Gurjiston parlamenti spikeri: sulh uzoq muddatli tinchlikni kafolatlamaydi

Papuashvili Qrim platformasi 3-parlament sammiti ishtirokchilariga videokonferensiya orqali murojaat qildi.

Foto: AP

Gurjiston parlamenti spikeri Shalva Papuashvili Ukrainada barqaror tinchlik o‘rnatish zarurligini ta’kidlab, «o‘t ochishni to‘xtatish uzoq muddatli tinchlikni kafolatlamasligini» ta’kidladi.

Papuashvili videokonferensiya orqali Latviya poytaxti Rigada o‘tkazilgan Qrim platformasi 3-parlament sammiti ishtirokchilariga murojaat qildi.

«Ikki yarim yildan ortiq vaqtdan beri biz Yevropada falokatli urush guvohi bo‘lib turibmiz, uning takrorlanishi hech kimning xayoliga ham kelmagan», — dedi Gurjiston parlamenti spikeri.

Uning ta’kidlashicha, Gurjiston va gurji xalqi Ukrainani qo‘llab-quvvatlaydi, chunki «urush azobi va tinchlik narxi nima ekanligini ulardan yaxshiroq hech kim bilmaydi».

Papuashviliga ko‘ra, xalqaro tizim avval Gurjiston, keyin Ukrainada adolatli va barqaror tinchlikni ta’minlay olmadi.

Mavzuga oid