Issiqxona gazlarini okeanga “qamab qo‘yish” usuli topildi
Biologlar ta’kidlashicha, dengiz bakteriyalarining g‘ayrioddiy qobiliyatlari sayyoramizni iqlim o‘zgarishi halokatlaridan qutqarishi mumkin.
Atmosferada to‘planib qolgan issiqxona gazlarini dunyo okeaniga “yashirib qo‘yish” mumkin, deb hisoblaydi Kaliforniya universiteti (AQSh) tadqiqotchilari. Nature Communications nashri yozishicha, biologlar dengiz tubida uglerod aylanishi haqida kutilmagan yangi ma’lumotlarga duch keldi.
Olimlar yaqinda Kanada va Grenlandiya o‘rtasidagi Baffin ko‘rfaziga ekspeditsiya uyushtirdi. U yerda CRAM deb nomlangan maxsus organik molekulalarning konsentratsiyasi o‘lchandi. Bu moddalar ming yillar davomida o‘zida juda ko‘p miqdordagi organik uglerodni saqlash qobiliyatiga ega. Ular mikroblarning hayotiy faoliyati jarayonida hosil bo‘ladi.
Hozirgacha ushbu barqaror birikmalar okean tubida to‘planadi, deb hisoblanardi, biroq yangi ma’lumotlar butunlay teskari manzarani ko‘rsatdi: Baffin qo‘ltig‘ida ularning katta qismi suv yuzasiga yaqin qatlamlarda yashaydi, katta chuqurliklarda esa yo‘qolib ketadi.
Olimlarning fikricha, okeandan bunday “chidamli” organik moddalarni yo‘qotishning yagona usuli mavjud: geterotrof bakteriyalar (aftidan, ular ushbu organik moddalardan energiya olish uchun foydalanadi).
Bu esa gidrobiologlarni qiziqarli fikrga olib keldi: uglerod saqlovchi molekulalarning okeanda uzoqroq saqlanib qolishi uchun ushbu tabiiy jarayonga ta’sir ko‘rsatish usulini topishga urinib ko‘rish mumkin. Shunday qilinsa, Yer suvlari ko‘proq antropogen issiqxona gazlarini o‘zida ushlab qolishi va sayyoramizni qaytarib bo‘lmaydigan iqlim asrab qolishi mumkin bo‘ladi.
Avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish global isish Tinch okeanidagi orol davlatlarga xavf solayotganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
11:21
Jazirama havo qarishni tezlashtiradi - tadqiqot
17:18 / 10.12.2024
Xushbo‘y shamlar yonganda o‘pka uchun zararli moddalar ishlab chiqaradi - ekspertlar
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
11:05 / 09.12.2024