O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 5,1 mln so‘mdan oshdi
O‘zbekistonda o‘rtacha nominal ish haqi 5,1 million so‘mdan oshdi. O‘sish sur’ati 18,5 foizdan 16,4 foizgacha sekinlashdi.
Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda inflatsiyani hisobga olmaganda o‘rtacha nominal hisoblangan ish haqi yillik ko‘rsatkichda (2023 yilning yanvar-sentabriga nisbatan) 16,4 foizga — 4,42 million so‘mdan 5,15 million so‘mga o‘sdi.
Statistika agentligiga ko‘ra, nominal hisoblangan ish haqi yuridik shaxslarning (qishloq xo‘jaligi korxonalari va kichik biznes sub’yektlari bundan mustasno) ma’lumotlari asosida hisoblanadi. O‘rtacha ish haqini aniqlash uchun mehnat daftarchalari bo‘lgan ishchilarning daromadlari, shuningdek, shaxsiy daromad solig‘i va kasaba uyushma jamg‘armasiga badallar to‘langan holda ularga beriladigan nafaqalar, ish haqi, rag‘batlantirish va kompensatsiya to‘lovlari hisobga olinadi.
Hududlar kesimida eng yuqori o‘rtacha nominal ish haqi Toshkent shahrida saqlanib qoldi, u yillik ko‘rsatkichda 20,1 foizga (2023 yil yanvar-sentabridagi 20,2 foizga nisbatan) — 7,19 million so‘mdan 8,68 million so‘mgacha o‘sdi.
Keyingi o‘rinlarda Navoiy viloyati — 5,7 milliondan 6,6 million so‘mga, Toshkent viloyati — 4,4 milliondan 4,95 million so‘mga, Andijon — 3,85 milliondan 4,46 million so‘mga va Buxoro viloyati — 3,78 milliondan 4,2 million so‘mgacha.
Faoliyat turlari bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha ish haqi bank, moliya va sug‘urta sohalarida saqlanib qolmoqda, o‘sish sur’ati pasaygan bo‘lsa-da (30,2 foizdan 13,1 foizga) ular bir yil davomida 12,8 million so‘mdan 14,49 million so‘mgacha o‘sdi.
Eng past o‘rtacha oylik ish haqi hamon sog‘liqni saqlash sohasida — 2,92 million so‘mdan 3,3 million so‘mgacha (o‘tgan yilgi 16,4 foizga nisbatan 12,9 foizga o‘sish) va ta’lim sohasida — 3,05 million so‘mdan 3,48 million so‘mgacha (17 foizga nisbatan +14,3 foiz) saqlanib qolmoqda.
Mavzuga oid
11:30 / 31.10.2024
Uch hududda fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
10:20 / 21.10.2024
Boeing ish tashlagan xodimlariga maoshni 35 foizga oshirishni taklif qilmoqda
09:10 / 14.10.2024
O‘zbekistonliklar uchun xorijda 154 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rni mavjud
12:00 / 11.10.2024