Shavkat Mirziyoyev YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 oktyabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YeXHT DIIHB) parlament saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari Duglas Ueykni qabul qildi.
Uchrashuvda mamlakatda bo‘lajak parlament sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari yuzasidan batafsil fikr almashildi.
O‘zbekiston bilan YeXHT va uning institutlari o‘rtasida ochiq va samarali muloqot o‘rnatilgani, xususan, byuro bilan unumli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.
Bo‘lajak parlament sayloviga tayyorgarlik ko‘rish doirasida DIIHB kuzatuvchilari missiyasi faol ishlayotgani yuqori baholandi. Byuro ekspertlari milliy saylov tizimini takomillashtirish jarayonida ishtirok etdi. Ular bildirgan tavsiya va takliflarning aksariyati inobatga olinib, mamlakat qonunchiligiga tatbiq etildi.
DIIHB vakili missiya faoliyatiga ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi hamda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Bu galgi saylov ilk bor yangilangan konstitutsiyaning parlament va mahalliy vakillik organlarining rolini kuchaytirishni nazarda tutuvchi qoidalari asosida aralash saylov tizimi bo‘yicha o‘tkazilayotgani alohida ta’kidlandi.
Mavzuga oid
20:19
2025 yilda tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshi oshiriladi
18:47
Kelgusi o‘quv yilida 100 dan ziyod maktab tashkil etiladi, 162 ta bog‘cha quriladi
18:11 / 12.12.2024
Mato ishlab chiqarish va bo‘yash korxonalari qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlanadi
19:53 / 11.12.2024