O‘zbekiston | 15:21 / 27.10.2024
33482
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yangi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

Foto: Kun.uz

«O‘zgidromet» 28 oktyabr, dushanba kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+9 daraja, kunduzi +10...+12 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5 daraja, ba’zi joylarda –2 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Avvalroq «O‘zgidromet» dam olish kunlari janubi-g‘arbdan nam havo massalari kirib kelishini ma’lum qilgandi. 

Mavzuga oid