2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
Jarqo‘rg‘on tumanidagi xususiy korxona rahbari korxonaga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasini tarmoqqa noqonuniy ravishda ulagan.
Energiya resurslari talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Yu.A.D.” xususiy korxonasi rahbari T.D. korxonaga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasini tarmoqqa noqonuniy ravishda ulagan. Oqibatda jami 2,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi (o‘g‘rilik) “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Mavzuga oid
10:59 / 18.12.2024
Farg‘onadagi portlash qurbonlari soni oshdi
08:10 / 07.12.2024
Uch hududda 700 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
15:25 / 06.12.2024
Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytiradi
10:53 / 06.12.2024