Buxoro

Buxoro

Buxoro viloyati – O‘zbekistonning janubiy-g‘arbida joylashgan. Viloyat hududining qir qismi Qizilqum cho‘llaridan iborat.

Viloyat shimoliy-sharqda Navoiy, sharqda Qashqadaryo, g‘arbda Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda janubiy-g‘arbda Turkmaniston bilan chegaradosh.

Buxoro viloyati 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan bo‘lib, maydoni 39,4 kilometr kvadrat, aholisi 2 mln 24 min kishi (2023 yil 1 iyul holatiga).

Viloyatda 11 ta tuman bor. Ma’muriy markazi Buxoro shahri. Viloyat aholisining asosiy qismini o‘zbeklar tashkil etadi. Shuningdek, bu yerda tojiklar, ruslar, qozoqlar, tatarlar va boshqa millatlar ham yashaydi.

Buxoro qadimiy shaharlardan biri hisoblanadi va bu yerda juda ko‘plab tarixiy binolar saqlanib qolgan. Har yili bu shaharga millionlab mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrif buyuradi.