Toshkent vil.
Toshkent vil.
Toshkent viloyati — 1938 yil 15 yanvarda tashkil topgan. Viloyat tarkibida 15 ta tuman, 17 shahar, 18 shaharcha, 146 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Markazi — Nurafshon shahri.
Toshkent viloyati qadimdan Buyuk ipak yo‘lidagi ilm-fan, hunarmandchilik, madaniyat taraqqiy etgan makonlardan biri bo‘lgan. Xo‘jakent yaqinidagi g‘ordan topilgan tosh davriga mansub odam suyagining qoldiqlari va qoyalardagi suratlar bu vohada qadimda ibtidoiy odamlar yashaganligidan dalolat beradi.
Ammo bu o‘lka nafaqat qadimiy tarixi bilan, boy tog‘oldi tabiati bilan ham o‘ziga jalb etadi. Siz dam oluvchilar uchun barcha sharoitlarga ega Chorvoq suv ombori qirg‘oqlarida quyoshda toblanishingiz, Ugam-Chotqol tabiiy parki bo‘ylab sayohat qilishingiz, sirli g‘orlar, tog‘li sharsharalar va oynadek toza ko‘llarni o‘zingiz uchun kashf etishingiz mumkin.
Qishki mavsumda esa viloyatning Amirsoy, Chimyon, Bildirsoy va Yangiobod tog‘-chang‘i dam olish maskanlarida odamlar bilan gavjum bo‘ladi. Tog‘-chang‘i turizmining asosiy mavsumi noyabr oyidan mart oyigacha davom etadi. Muloyim iqlim, shamolning yo‘qligi, chang‘i poygasi va tez tushish uchun yo‘laklarning ko‘pligi tog‘-chang‘i sporti uchun ajoyib sharoitlarni yaratadi.
Hududi: 15,3 ming km².
Aholisi: 3 mln kishi;