Jamiyat | 12:34 / 27.06.2015
5058
1 daqiqa o‘qiladi
4 yoshli daho pianinochi
Gonkonglik bu bolakayni Endi Li deb atashadi, ammo ota-onasi va do‘stlari uni erkalab Tsun-tsun deya chaqirishadi. Bu laqab endi uning ijodiy taxallusiga aylandi. Tsun-tsun pianinoda mohirona chaladi. Uning ijrosidagi bir necha mumtoz musiqa namunalarini tinglab, bunga o‘zingiz ham amin bo‘lishingiz mumkin. Bu - to‘rt yoshli bolakayning sozandalik darajasi!
“Motsartning o‘zi tirilib keldimi”, deyishingiz aniq...